Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7 dekabr kuni so‘zlangan “Vatanimiz taraqqiyot yo‘lining huquqiy kafolati” nomli ma’ruzaning mazmun-mohiyatini yoritib berish maqsadida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan 2018 yil 7 dekabr kuni so‘zlangan “Vatanimiz taraqqiyot yo‘lining huquqiy kafolati” nomli ma’ruzaning mazmun-mohiyatini yoritib berish maqsadida huquqiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari nomzodi Muhammedov Haydarali Meliyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan 2018 yil 7 dekabr kuni so‘zlangan “Vatanimiz taraqqiyot yo‘lining huquqiy kafolati” nomli ma’ruzaning mazmun-mohiyatini yoritib, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha kundalik hayotiy misollar bilan tavsiyalar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining sudyasi Raxmonov Jamshid Kamolovich ham ishtirok etib, “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar” mavzusidagi ma’lumotlarni boshqarma shasiy tarkibiga yetkazib, ularni ogohlikka chaqirgan bo‘lsa, shuningdek uzoq yillar sud-huquq, prokuratura tizimida xizmat qilgan Tohir Mirzayevning “Men o‘zbekman” kitobining taqdimotini o‘tkazdi.

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


15.12.2018 337


 
Xat matni*
Ximoya kodi