Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 2019 yil 27 aprel kuni yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha tadbirlar tashkil etildi

     Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 2019 yil 27 aprel kuni Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosi boʼyicha “Ochiq eshiklar kuni”, kitob yarmarkasi, Ishoqjon Begmatovning “Taʼlim va tarbiya” kitobi taqdimoti hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida sport musobaqalari tadbirlari tashkil etildi.
     “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan tashrif buyurgan Zangiota tumanida joylashgan 36 va 38-umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari harbiy aloqa avtomobil texnikalarining koʼrgazmasini tomosha qilib katta taassurotlar olishgan boʼlsa, keyin oʼquvchilar guruhlarga boʼlingan holda boshqarma hayoti bilan tanishtirildi. Jumladan, ular askarlar yotoqxonasi va oshxonasi, kutubxona, ziyonet va internet oʼquv sinflari, radio uskunalarni taʼmirlash ustaxonasi bilan yaqindan tanishishgan boʼlsa, qurol yoyish va yigʼish mashgʼuloti hamda oʼqotar qurollardan otish boʼyicha tirdan amaliy mashgʼulotlar oʼtashgani oʼquvchilarning yodida bir umrga muhrlandi deyishimiz mumkin. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari asosida rassomchilik va shaxmat-shashka burchaklari tashkil etilib, qiziquvchi yoshlar u yerda mashgʼulotlar oʼtkazishdi. 
     Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʼnaltirilgan “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda boshqarma hududida mingdan ortiq nomdagi yangi adabiyotlarning yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan oddiy askarlar, maktab oʼquvchilari oʼzlarini qiziqtirgan adabiyotlarni xarid qilishdi. 
     Oʼzbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi vakili Ishoqjon Begmatov domlaning “Taʼlim va tarbiya” kitobi taqdimoti oʼtkazildi. Muallif kitobning mazmun-mohiyati, kitob yozilishining sabablari, maʼrifatparvar islom dinida taʼlim va tarbiya borasida buyurilgan vazifalar haqida shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan oddiy askarlar, maktab oʼquvchilariga mazmunli va taʼsirli maʼlumotlar berdi.
     Shundan soʼng yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʼnaltirilgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida toʼrtta yoʼnalish, yaʼni, 200 metrga estafetali yugurish, toʼsiqlarni yengib oʼtib nishonga olish, estafetali tennis va toʼpni basketbol savatchasiga tushirish boʼyicha sport musobaqalari oʼtkazilib, yoʼnalishlar boʼyicha gʼoliblarga 1, 2 va 3-darajali diplomlar, esdalik sovgʼalari va kitoblar taqdim qilindi.

27,04 (2).jpg

27,04 (1).jpg

27,04 (3).jpg

27,04 (4).jpg

27,04 (5).jpg

27,04 (6).jpg

27,04 (7).jpg

27,04 (8).jpg

27.04.2019 37


 
Xat matni*
Ximoya kodi